Chelsi Virtsni nishonga oldi
«Chelsi» Xabi Alonso tavsiyasiga ko‘ra «Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virts transferi bo‘yicha vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
«Chelsi» bosh murabbiy Xabi Alonso tavsiyasiga binoan «Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virts atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Xabarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis klub rahbariyatiga 23 yoshli nemis futbolchisini kelasi yozda transfer uchun mavjud bo‘lsa, uni olish imkoniyatini ko‘rib chiqishni tavsiya etgan. Alonso Virtsning salohiyatini yaxshi biladi, chunki u bilan Leverkuzenning «Bayer» jamoasida birga ishlagan.
Shu bilan birga, «Chelsi» hozircha faol harakatlarga o‘tmagan, faqat vaziyatni kuzatish bilan cheklanmoqda. Futbolchiga myunxenlik «Bavariya» ham qiziqishni saqlab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» Virts uchun bonuslarni hisobga olgan holda 116 million funtgacha to‘lov amalga oshirgan va klub hali ham uning o‘yini ochilib ketishiga umid qilmoqda. Shu bilan birga, TEAMtalk ma’lumoticha, rahbariyatning sabri cheklangan: agar yarim himoyachining o‘yini sezilarli darajada yaxshilanmasa, klub uning kelajagi bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqishga majbur bo‘lishi mumkin.
Virtsning o‘zi esa «Enfild»da mustahkam joy egallashni maqsad qilgan. «Liverpul» hozircha uni sotish masalasini kun tartibiga qo‘ymagan.
Izohlar (0)