“Chelsi” voz kechgan futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi

  • 20 mart, 2024, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” rahbariyati yozda klubni tark etishi lozim bo‘lgan futbolchilar nomini aniqlab bo‘ldi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, birinchi navbatda besh nafar futbolchi yozgi transferlar davrida to‘liq sotib yuboriladi.

Bu ro‘yxatga hujumkor futbolchilardan Romelu Lukaku va Armando Broya, himoyachilar Trevo Chaloba va Mark Kukurelya, hamda darvozabon Kepa Arrisabalaga kiritilgan.

Ayni paytda ulardan uch nafari klubda emas. Lukaku “Roma”da, Kepa “Real”da, Broya “Fulxem”da ijara asosida o‘ynamoqda.

Shuningdek, klub tarbiyalanuvchisi Koor Gallaxerning ham “Chelsi”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. “Arsitokratlar” so‘nggi ikki-uch mavsumda transferga eng ko‘p pul sarflangan klubga aylanganiga qaramay, kuchli jamoa tashkil etolmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!