"Chelsi" yana bir futbolchisidan qutuldi

  • 3 sentabr, 2024, 10:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Anjelo Gabriel "Chelsi"dan "Al-Nasr"ga o‘tdi. Saudiya klubi 19 yoshli vinger bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Transfer summasi esa, 23 million evroga baholanmoqda.

Shuningdek, "ko‘klar" futbolchini qayta sotishdan tushgan daromadning ma’lum bir qismini oladi.

"Chelsi" 2023 yilning yozida Anjeloni "Santos"dan 15 million evroga sotib olgandi. Futbolchi o‘tgan mavsumni "Strasburg"da ijara asosida o‘tkazdi va Liga 1ning 21ta o‘yinida maydoga tushib, 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!