«Chelsi» yana «Roma» yulduziga da’vogar bo‘lishi mumkin

  • 10.09.2026 13:51
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Roma» markaziy yarimhimoyachisi Manu Kone qishki transfer oynasida Londonning «Chelsi» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqida futbol bo‘yicha jurnalist Saymon Fillips xabar berdi.

 

Manbaning ma’lum qilishicha, «Chelsi» qishda Konega bo‘lgan qiziqishini qayta faollashtirishni rejalashtirmoqda. Aytilishicha, ehtimoliy kelishuv doirasida londonliklar «Roma»ga o‘zining yordamchi hujumchisi Jeymi Bayno-Gittensni taklif etishi mumkin.

 

Yozgi transfer oynasida «Chelsi» 25 yoshli fransuz yarimhimoyachisini qo‘lga kiritishga urin­gan, ammo kelishuv amalga oshmagan. Endi esa klub qishda yana bir bor harakat qilishi kutilmoqda.

 

Joriy mavsumda Kone Italiya chempionatida uchta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki samarali uzatma bilan ajralib tura olmadi. Transfermarkt loyihasi mutaxassislari uning bozor qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!