
“Chelsi” yangi bosh murabbiy masalasini hal qildi
Joriy mavsumni barbod qilgan “Chelsi” rahbariyati tez orada jamoani argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettinoga topshiradi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, tomonlar o‘zaro hamkorlik bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan.
Maurisio Pochettino va klub mutasaddilari o‘rtasidagi muzokaralar bir yarim oy davom etdi va 51 yoshli murabbiy “aristokratlar”ning uzoq muddatli loyihasiga boshchilik qilishga rozilik berdi.
Pochettino ishni tarkibni tozalash, o‘ziga kerakli o‘yinchilarni olib qolish va yangi ijrochilarni taklif etishdan boshlashi aytilmoqda.
Fikrlar