
"Chelsi" yangi himoyachi sotib olmoqchi
"Chelsi" argentinalik futbolchi Molinani sotib olish uchun kurashga qo‘shildi, deya xabar bermoqda "Marca" nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, Diego Simone himoyachining o‘yinlaridan mamnun va uni qo‘yib yuborishni istamaydi. Futbolchining "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.
Molina Qatarda davom etayotgan mundialdagi o‘yinlari orqali top klublar etiboriga tushdi. U Argentinaning barcha uchrashuvlarida maydonga tushdi. 26 yoshli futbolchi Nilerlandiyaga qarshi uchrashuvda gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar