“Chelsi” yangi mavsum uchun uy libosini taqdim etdi

  • 02.06.2026 17:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" 2026/2027-yilgi mavsum uchun uy formasini to‘plamini taqdim etdi.

Formaning dizaynida markaziy o‘rinni klub emblemasi egalaydi, u muxlislar bilan maslahatlashilgandan so‘ng yangilandi va yorqin ko‘k rangdagi futbolkaning old qismi matosiga tushirildi. Futbolkada yoqa va tugmachalar, shuningdek, sher va logotip tasviri tushirilgan emblema tilla rangda.

Qayd etilishicha, libosni yaratishda havo oqimining o‘tkazuvchanligini ikki baravardan ko‘proqqa oshirish imkonini beruvchi sovutish tizimidan foydalanilgan.

HJyy3ezWQAAPvBa?format=jpg&name=smallHJyy48lWQAASPLi?format=jpg&name=smallHJygJuMXUAII7n1?format=jpg&name=small

Yakunlangan mavsumda, "Chelsi" 52 ochko bilan Angliya chempionatida 10-o‘rinni egalladi va evrokuboklarga chiqa olmadi. Jamoani yangi mavsumga bosh murabbiy Xabi Alonso tayyorlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!