
"Chelsi" yangi mavsum uy libosini rasman namoyish qildi (FOTO)
"Chelsi" o‘zining rasmiy saytida yangi 2021/22 mavsum uchun uy liboslari suratlarini namoyish qildi.
Libos yorqin ko‘k rangda, yon tomonlarida sariq chiziqlar bilan ishlangan. Bundan tashqari, unda zigzag va shaxmat naqshlari qo‘llanilgan. Klubning ta’kidlashicha, dizaynerlar ushbu libosni "op-art" optik san’atidan ilhomlangan holda tayyorlashgan.
"Chelsi" 15 may kuni "Lester"ga qarshi bo‘ladigan Angliya kubogi finalida yangi libosida harakat qiladi.
Tomas Tuxel boshchiligidagi “Chelsi” 35 turdan so‘ng APLda 4-o‘rinda bormoqda. Londonliklar 29 may kuni “Manchester Siti”ga qarshi Chempionlar ligasi final bahsida maydonga tushadi.
Fikrlar