"Chelsi" yarim himoyachisi uchun APLning 4 ta grandi kurashmoqda
"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt premer-liganing to‘rt klubining radarida. Jurnalist Piterning xabar berishicha, hozirda "Liverpul" poygada peshqadamlik qilmoqda. Ammo "Nyukasl", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" ham angliyalik futbolchiga ko‘z tikmoqda.
"Liverpul"da transfer imkoniyati ko‘proq bo‘lishiga qaramay, Maunt Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoaga o‘tish uchun mersisaydliklarni rad qilishi mumkin. Yurgen Klopp shogirdlarida hozircha Evropa ligasiga chiqish imkoniyati yuqori, bu esa eng yuqori saviyada o‘ynashni istaydigan Mauntga to‘g‘ri kelmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Meyson hali ham "Chelsi" bilan kelasi mavsum oxirida tugaydigan shartnomani uzaytirishi mumkin. Rahbariyat 24 yoshli futbolchi bilan murosa topishga harakat qilmoqda.
Fikrlar