“Chelsi” yarim himoyani kuchaytiradigan futbolchini topdi

  • 23.01.2026 14:14
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" yarim chizigʻini kuchaytirish maqsadida "Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Luisning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida insayder Fabrizio Romano maʼlum qildi.

Manba maʼlumotiga koʻra, londonliklarga futbolchi uchun kurashda "Aston Villa" raqobat qilyapti. Duglas ayni vaqtda ijara asosida "Nottingem Forest" safida harakat qilib kelmoqda. "Oʻrmonchilar" ikkinchi davrada havbekni xizmatlaridan foydalanish niyatida emas. "Nottingem" Turin klubiga yarim himoyachini muddatidan oldin qaytarib yuborishni reja qilmoqda. 

27 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 25 million yevroni tashkil etadi.

Maʼlumot uchun, Luis joriy mavsum ingliz klubi safida 14 ta uchrashuvda maydonda harakat qilib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!