
"Chelsi" yozda hujumga urg‘u beradi!
“Chelsi” klubi yozgi transferlar oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni reja qilgan.
"RMC Sport" nashrining xabariga ko‘ra, "aristokratlar" uch nafar hujumchi nomzodini ko‘rib chiqmoda. Londinliklarning ro‘yihatidan “Ayntraxt” hujumchisi Yugo Ekitike , "Leyptsig” forvardi Benjamin Sheshko va "Galatasaroy" futbolchisi Viktor Osimhen o‘rin olgan.
“Chelsi” joriy mavsumda Angilya Premer-Ligasida 37-turdan so‘ng 66 ochko bilan 5-o‘rinda ketmoqda. Milliy chempionatning so‘nggi turida Entso Mareska shogirdlari safarda “Nottingem Forest”ga qarshi maydonga chiqadi.
Ataev Abdukarim
Fikrlar