“Chelsi” yulduzi superklubga ketishga rozi bo‘ldi
Bundesliga g‘olibi “Bavariya” mutasaddilari “Chelsi” hujumchisi Nikolas Jeksonni hamkorlik qilishga ko‘ndirdi. Bu haqda Bild jurnalisti Kristian Falk xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli senegallik futbolchini Germaniyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgan myunxenliklar endi “Chelsi” bilan muzokara boshlaydi. “Bavariya” vakillari qimmatbaho o‘yinchini bir mavsum ijaraga olmoqchi.
Nikolas Jekson “Chelsi”ga 2023 yilning yozida “Vilyarreal”dan olib kelingan. “Aristokratlar” debyut mavsumida yorqin o‘yin ko‘rsatgan futbolchining shartnomasini darrov 2033 yilgacha uzaytirib qo‘ydi.
Italiyalik mutaxassis Entso Mareska oxirgi paytda Nikolas Jeksonga ishonmay qo‘ydi. Klub futbolchini ketishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritgan.
Nikolas londonliklar safida hozirgacha 81 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 30 marta ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 12 ta golli pas uzatgan.
Fikrlar