“Chelsi”da katta tozalash bo‘ladi

  • 19 avgust, 2024, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” keyingi yillarda transfer bozorida eng ko‘p faollik ko‘rsatgan klubga aylandi. Biroq bu natijalarning yaxshilanishiga olib kelgani yo‘q.

Yangi mavsum oldidan “aristokratlar” yana katta xarajat qilishiga to‘g‘ri kelmoqda. Hozirgacha, londonliklar  Pedru Netu (60 million evro), Filip Yorgensen (24,5 million evro) va Kaleb Uayli (10 million evro) kabi o‘yinchilarni oldi.

Ayni paytda ikki mashhur yulduz Joau Feliks va Viktor Osimxen transferi bo‘yicha “Atletiko” va “Napoli” bilan muzokaralar davom ettirilmoqda.

Bu yoz transfer xarajatlari 300 million funtdan o‘tib ketishi mumkin. Moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik uchun “Chelsi” o‘n nafarga yaqin o‘yinchini sotib yuborishi kerak.

Birinchilardan bo‘lib ketadiganlar ro‘yxatiga Romelu Lukaku, Trevo Chaloba va Armando Broyya kiritilgan. Shuningdek, tez orada Konor Gallaxer va Karni Chukvuemekaga ham xaridorlar chiqishi kutilmoqda.

Shuningdek, klub rahbariyati Rahim Sterling, Noni Madueke, David Fofana va Bashir Xafrisga yaxshi taklif bo‘lsa, ularni ham qo‘yib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!