“Chelsi”dan ketaman, hafsalam pir bo‘ldi!
Ispaniyalik himoyachi Mark Kukurelya yakunlanayotgan mavsumdan ko'ngli to'lmayotgani sababli yozda “Chelsi”ni tark etishga qaror qildi. Bu haqida The Athletic nashri xabar bermoqda.
Shunga qaramay, “Chelsi” rahbariyati himoyachining qarori bo‘yicha jiddiy xavotir bildirmayapti, chunki futbolchining shartnomasi yana uch yil amal qiladi.
Biroq klub talab qilingan summaga mos taklif tushsa, Kukurelyaning transferiga to‘sqinlik qilmaydi.
Bir nechta jamoalar himoyachi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Jumladan, “Barselona” Kukurelyani Ispaniyaga qaytarishni rejalashtiryapti.
Shuningdek, ta’rifali himoyachi Madriddning “Atletiko” klubi va uning bosh murabbiyi Diego Simeonening asosiy nishonlaridan biri hisoblanadi.
Shu bilan bir vaqtda “Chelsi” rahbariyati ichki muhokamalar o‘tkazib, “Liverpul”ning 27 yoshli fransuz markaziy himoyachisi Ibrohim Konateni transfer qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.
O‘tgan mavsumda Kukurelya klub safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali himoyachining bozor qiymatini 50 million yevro deb baholagan.

Fikrlar