“Chelsi”dan norozi yulduz “Real” taklifiga javob qaytardi

  • 25.11.2021 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi”ning yosh yulduzi Meyson Maunt klub rahbariyati unga e’tiborsizlik qilib, yangi shatnoma taqdim qilmayotganidan noroziligini bildirganidan keyin unga bir necha superklublardan taklif kela boshladi.

Iste’dodli yarim himoyachiga “Qirollik klubi” ham og‘iz soldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Maunt “Real” taklifini qabul qilmagan. Manbalar futbolchining bu qarorga kelishiga “aristokratlar” u bilan yangi bitim bo‘yicha muzokara o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilganini sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Aslida 22 yoshli futbolchi faoliyatini “Chelsi” safida davom ettirishni xohlaydi. Biroq,  mutasaddilar jamoaga olib kelingan qimmat futbolchilarga e’tibor qaratib, klub tarbiyalanuvchilarining istaklarini inobatga olmagani Mauntga yomon ta’sir qildi.

Endi vaziyat o‘tgan va joriy mavsumda 15 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol urgan Meyson Maunt klub bilan 2024 yilgacha tuzilgan shartnomani uzaytirishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!