"Chelsi"dan rasmiy bayonot. Klub FIFAni ayblamoqda

"Chelsi" matbuot-xizmati transfer taqiqi bekor qilinganini rasman tasdiqlab, FIFAni "Manchester Siti"ga yon bosishda ayblab chiqdi.

"Chelsi" CASdan biznig vaziyatimizga bildirgan munosabati uchun tashakkur bildiradi. Klub qarorning yozma tasdiqini olganicha yo‘q, biroq FIFAning bu ishga bo‘lgan munosabatini qoniqarli deb hisoblamasligini ta’kidlab o‘tiadi, chunki FIFA "Chelsi" va "Manchester Siti"ga mutlaqo boshqa-boshqa munosabatda bo‘lishga qaror qilgan ko‘rinadi.

"Chelsi" klubi FIFA tomonidan voyaga etmaganlarni himoya qilish bo‘yicha olib borayotgan ishlariga hurmat bilan qaraydi va tergov davomida tashkilot bilan to‘liq hamkorlik qiladi. Ammo FIFA klublarga nisbatan bir hil munosabatda bo‘lmay, tengsizlik qilsa, unda tashkilot ushbu muhim sohani tartibga solishni shubha ostiga qo‘yadi", - deyiladi "Chelsi" bayonotida.

Eslatib o‘tamiz FIFA tartib-intizom qo‘mitasi londonliklarni bir necha voyaga etmagan futbolchilar bilan shartnoma imzolashda qoidani buzishda ayblab, ularga ikki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni ro‘yhatga olishini taqiqlab qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Admiral_uz
07/12/2019 09:18
Bu taqiq bo‘lmaganda Chelsi kuchli futbolchilarni sotib olishi mumkin edi, lekin unday holatda, Avraam, Magnit, Tomori va Jeymslar kashf qilinmasdi