"Chelsi"ga qarshi o‘yin oldidan "Bavariya"ning asosiy himoyachisi safdan chiqdi

  • 27 iyul, 2020, 10:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" himoyachisi Benjamin Pavar jarohat sabab uzoq vaqt maydonga tusha olmaydi.

Frantsiyalik futbolchi jamoaning kechagi mashg‘ulotlari vaqtida bo‘g‘imlarini shikastlab oldi. Bild nashri manbasi himoyachining tiklanish jarayoniga olti hafta talab qilinishi haqida xabar bergan. Shunday qilib, Pavar EChLni to‘laqonli o‘tkazib yuboradi.

Joriy mavsumda himoyachi "Bavariya" safida Bundesliga bahslari doirasida 32 ta o‘yinda 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!