
“Chelsi”ni tanlab xato qilishdi
“Chelsi” klubi yangi xo‘jayin – Todd Byoli ixtiyoriga o‘tganidan keyin ko‘rsatkichlarda keskin pasayish kuzatilmoqda.
Klub rahbariyati bir mavsum davomida uchta murabbiydan foydalandi. Tomas Tuxel, Grem Potter va jamoa afsonasi Frenk Lempard ham o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.
“Chelsi” transferlarga katta pul sarfladi. Londonga katta umid bilan kelgan bir guruh o‘yinchilar tanlovidan pushaymon ekanini yashirmayapti.
The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, ular loyiha kelajagiga ishonmayapti. Xususan, qimmatbaho o‘yinchilardan Mixail Mudrik 2031 yilgacha shartnoma tuzgan. “Chelsi” tarixidagi eng qimmat transfer egasi Entso Fernandes 2032 yilgacha taqdirini shu jamoaga bog‘lab bo‘lgan.
Sekin-asta “Chelsi” grand klub mavqeini ayrilib, o‘rtamiyona jamoaga aylanib bormoqda.
Fikrlar