"Chelsi"ning birdaniga 4 ta futbolchisi Madridga yo‘l olishi mumkin
Madridning "Real" klubi bir vaqtning o‘zida "Chelsi"ning to‘rt nafar futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres "Chelsi"dagi og‘ir vaziyatdan foydalanib, “aristokratlar”ning bir qator futbolchilarini qulay shartlar asosida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar bermoqda Fichajes.
Gap yarim himoyachilar Meyson Maunt, Ruben Loftus-Chik va Mateo Kovachich haqida ketmoqda, darvoqe, xorvatiyalik futbolchi bundan avval ham “qaymoqranglilar” safida to‘p surgan. Har uchala yarim himoyachining amaldagi shartnomasi kelasi yili tugaydi.
"Real" shuningdek o‘ng qanot himoyachisi Ris Jeymsga ham qiziqish bildirmoqda, bu haqda avvalroq xabar berilgan edi.

Fikrlar