"Chelsi"ning qishdagi birinchi xaridi ma’lum!
Angliya terma jamoasi va "Kristal Pelas" klubi yarim himoyachisi Adam Uorton yanvar oyidagi transferlar oynasida "Chelsi"ning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi o‘zining sovuqqonligi, uzatmalari va o‘yinni nazorat qilishi bilan "ko‘klar"ning e’tiborini tortgan. "Chelsi" murabbiylar shtabi Uorton kelajakda jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylanishiga ishonadi. Shu bilan birga, yozda transfer ehtimoli ko‘proq ekanligi da’vo qilinmoqda.
Bu mavsumda Uorton barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda ishtirok etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "burgutlar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 60 million evroga baholamoqda.



Fikrlar