"Chelsi"ning sobiq ustoziga APL klubi xaridor bo‘lmoqda

  • 22 may, 2023, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

So‘nggi ish joyi Londonning “Chelsi” klubi bo‘lgan britaniyalik mutaxassis Grem Potter yaqin vaqt ichida murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin. Football Insider xabariga ko‘ra, murabbiyning xizmatlariga "Lester" qiziqish bildirmoqda.

“Tulkilar” rahbariyati yangi mavsum oldidan bosh murabbiy qidirmoqda va bu borada 48 yoshli mutaxassisning nomzodi ham ko‘rib chiqilmoqda.

"Lester" ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 30 ochko bor.

"Tulkilar" 37-tur uchrashuvini safarda "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv bugun, Toshkent vaqti bilan 00:00da yangraydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!