Chempion jamoa “Siti” markaziy himoyachisini chaqiryapti

  • 22.05.2026 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliga chempioni “Bavariya” kelsi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish maqsadida “Manchester Siti” markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiolni sotib olmoqchi.

Bild ma'lumotiga ko‘ra, Myunxen klubi xorvatiyalik markaziy himoyachiga aniq va jiddiy qiziqish bildirgan.

“Bavariya”ning sobiq sardori va futbol eksperti Lotar Matteus bu xabarni tasdiqlab, klub allaqachon dastlabki rasmiy so‘rovlarni yuborganini aytdi. “Bavariya” Gvardiolni avval “RB Leyptsig” safida o‘ynagani­dan beri kuzatadi va uni yana Bundesligaga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Joriy mavsumda himoyachi ingliz klubi safida 24 ta o‘yin o‘tkazib, ikki ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, futbolchining qiymati 70 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!