Chempion jamoaning 16 yoshli fanati o‘spirinni pichoqlab qo‘ydi

  • 2 sentabr, 2023, 19:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning amaldagi chempioni “Napoli” uchun shumxabar keldi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, jamoaning 16 yoshli ashaddiy fanati boshqa muxlis – o‘zidan bir yosh kichik bo‘lgan o‘spiringa bir necha marotaba pichoq tiqib olgan.

Janjal sababi hozircha aniq emas. Biroq, pichoqboz raqibining oyog‘iga bir necha marotaba zarba bergani kelishmovchilik qattiq bo‘lganidan dalolat bermoqda.

Ayni paytda shifokorlar pichoqlangan muxlisning hayotini qutqarib qolgan. Biroq, ular jarohatlangan oyoqni amputatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Politsiya vakillari zo‘ravonni qo‘lga olgan.

Eslatib o‘tamiz, “Napoli” o‘tgan mavsumda 33 yillik tanaffusdan keyin skudettoni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!