Chempionlar ligasi: Debyutant mashhur jamoani yanchib tashladi

  • 11.09.2026 06:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027 yildgi mavsum umumiy bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Italiya ning “Komo” va Germaniyaning “RB Leyptsig” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv debutant g‘albasi bilan yakunlandi.

Jamoalar Komo shahridagi “Juzeppe Sinigallya” stadionida o‘ynadi. Uchrashuvda bosh hakam vazifasini niderlandiyalik Serdar Gyozyubyuk bajardi. Maydon egalari 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

15-daqiqada “Komo” yarim himoyachisi Martin Baturina klub tarixidagi Chempionlar ligasidagi birinchi golni urdi. 38-daqiqada hujumchi Anastasios Duvikas Baturinaning uzatmasidan so‘ng italyanliklarning ustunligini ikki karra oshirdi.

54-daqiqada qanot hujumchisi Assane Diao mezbonlarning ustunligini yirik ko‘rinishga keltirdi. 58-daqiqada “RB Leyptsig” vakili Andriya Maksimovich bitta gol farqni qisqartirdi. 90-daqiqada yarim himoyachi Maksimo Perrone yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida “Komo” safarda “Feyenoord” bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 14 oktyabr, chorshanba kuniga belgilangan. Bir kun oldin “RB Leyptsig” o‘z maydonida PSVni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!