Chempionlar ligasi uchun “Bavariya” futbolchisi kerak

  • 08.08.2020 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiya chempionatida ishtirok etadigan “Renn” Myunxendan Xavi Martinesni olib kelishga bel bog‘ladi. Bu klub kelasi mavsum Chempionlar ligasi uchun tarkibini kuchaytirmoqchi. 

31 yoshli ispaniyalik futbolchining “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili yozda yakunlanadi. Klub bu hamkorlikni uzaytirmoqchi emas va imkon borida futbolchi transferidan muayyan foyda olmoqchi.

Vaziyatdan foydalanib qolishni istayotgan frantsuzlar tajribali futbolchining transferini butunlay sotib olmoqchi.

Shuningdek, yozgi transfer vaqtida “Bavariya”ni Jerom Boateng va Tyago  Alkantara singari tajribali futbolchilar ham tark etishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!