Chempionlar ligasida mag‘lub bo‘lmagan faqat bitta jamoa qoldi!

  • 7 noyabr, 2024, 14:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasining umumiy bosqichi ekvatordan o‘tdi - sakkiz turdan to‘rttasi ortda qoldi. Aytish kerakki, faqat bittagina jamoa turnir masofasining yarmini ochko yo‘qotmasdan bosib o‘tdi. Bu jamoa Angliyaning "Liverpul" klubi.

Tecno

Arne Slot boshqaruvidagi jamoa qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turniri dastlabki to‘rt turida “Milan” (3:1), “Bolonya” (2:0), “RB Leyptsig” (1:0) va “Bayer” (4:0) klublarini mag‘lub etdi. Yana bir ahamiyatli jihati, mersisaydliklar ushbu uchrashuvlarda o‘z darvozasidan atigi bitta gol o‘tkazib yubordi xolos.

“Liverpul” Chempionlar ligasining navbatdagi tur uchrashuvini o‘z maydonida “Real”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin 27 noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!