
Chempionlikni maqsad qilgan Germaniya uchun ikkinchi sinov!
"Evro-2024"ning nimchorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvlar Shveytsariya - Italiya o‘yini bilan start olsa, ikkinchi bahs Germaniya va Daniya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Mezbon Germaniya "A" guruhida peshqadam sifatida pley-offga yo‘l oldi. Jamoa dastlab, Shotlandiya va Vengriya ustidan osonlik bilan g‘alaba qozonib, Shveytsariyaga qarshi o‘yinda Niklas Fyullkrugning so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Jamal Musiala, Toni Kroos va Florian Virtslar bittadan golni o‘z nomiga yozdirib qo‘yishdi.
Daniya "C" guruhidagi uchta o‘yinda uchta durang bilan mag‘lubga uchratish qiyin bo‘lgan jamoa ekanligini isbotlab qo‘ydi. Shu bilan birga, Kristian Eriksenning ajoyib qaytishi, Jonas Uind va Rasmus Xoylund har qanday himoya uchun muammo tug‘dira olishi bilan xavfli jamoa ekanligini eslatib qo‘yyapti.
Bu ikki jamoa o‘tkazgan so‘nggi to‘rtta o‘yindan uchtasida durang natija qayd etilgan. Agarda bugun ham asosiy vaqtlarda g‘olib nomni aniqlanmasa, qo‘shimcha taymlarga murojaat qilinadi. Unda ham tomonlar durangga imzo cheksa, penaltilar seriyasida chorak finalchi nomi aniq bo‘ladi.
Taxminiy tarkiblar:
Germaniya: Noyer, Kimmix, Ryudiger, Shlotterbek, Mittelshtadt, Andrix, Kroos, Musiala, Gyundogan, Virts, Xaverts.
Daniya: Shmeyxel, Andersen, Vestergaard, Kristensen, Kristiansen, Norgaard, Eriksen, Xoyberg, Mæhle, Hoylund, Vind.
Fikrlar