Chendler: "Bizga sog‘lom Konor kerak"

  • 25.07.2022 19:25
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Engil vazn toifasida UFC jangchisi Maykl Chendler nima uchun sobiq chempion Konor Makgregorni jangga chorlashga shoshmayotganini aytdi. 

"Men unga hurmat bilan murojaat qildim: "Ey Konor, qachon bo‘lishidan qatiy nazar, tayyor bo‘lsang o‘shanda jang qilamiz". 

Avval oyog‘ini 100 foiz davolasin. Makgregor qaytsa, yakkakurashlar va UFC yaxshilanadi. Bizga oktagonda sog‘lom Konor kerak. Shu sababli, shoshmaslik kerak. Ko‘ramiz, u qachon qaytarkin", - dedi Chendler.

Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik sportchi Dastin Porega qarshi jangda oyog‘idan jiddiy jarohat olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!