Chexiyada 24 yoshli futbolchi vafot etdi

  • 5 mart, 2023, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chexiyaning uchinchi divizion jamoasi “Glyutsin”ning 24 yoshli futbolchisi Lukas Lenert vafot etdi.

Tecno

Hozircha fojianing sabablari haqida batafsil xabar berilmagan, faqat o‘lim zo‘ravonlik va baxtsiz hodisa natijasida sodir bo‘lmagani, balki futbolchining sog‘lig‘idagi qandaydir muammolar tufayli sodir bo‘lganligi aniq.

Aytish kerakki, Lenert o‘tgan yilning kuzida Chexiya kubogi doirasida “Glyutsin”ning “Viktoriya Plzen” ustidan qozonilgan sensatsion g‘alabasida muhim rol o‘ynagan edi. Gap Chempionlar ligasida o‘ynagan va mamlakat chempioni hisoblangan jamoa haqida ketmoqda.

Lenert “Glyutsin” tarkibida 2021 yildan beri o‘ynab kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!