Cheyl Sonnen: "Avstraliyalik va amerikalik o‘rtasidagi jang har qanday turnirning asosiy to‘qnashuvi bo‘la oladi"

  • 28 dekabr, 2024, 11:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Taniqli UFC faxriysi va tahlilchi Cheyl Sonnen o‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Robert Uittakerning yarim og‘ir vazn toifasiga o‘tish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.

Tecno

“Menga uning yarim og‘ir vaznga o‘tish fikri yoqadi. Robert Uittaker va Entoni Smit – bu divizionda men uchun juda qiziqarli jangdir. Men hozirdanoq bu vazn toifasida avstraliyalik uchun muhim bahslarni ko‘ryapman. Uittaker va Xalil Rauntri ayni paytda har qanday turnirning asosiy to‘qnashuvi bo‘la oladi" - deya Sonnenning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie".

Eslatib o‘tamiz, Uittekerning so‘nggi jangi 2024 yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan va u birinchi raunddayoq Hamzat Chimaevdan mag‘lubiyatga uchragandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!