
"China Cup-2019". Ertaga musobaqa start oladi. Bugun esa matbuot anjumani
Ertaga, 21 mart kuni Xitoydagi "China Cup-2019" musobaqasiga start beriladi. Shu munosabat bilan bugun ishtirokchi terma jamoalar murabbiylari va futbolchilar bilan matbuot anjumani o‘tkaziladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Matbuot anjumani mahalliy vaqt bilan soat 16:30da "Guanxi Sports Centre" stadionida boshlanadi. Unda O‘zbekistondan terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper va hujumchi Eldor Shomurodov qatnashishi rejalashtirilgan.
Soat 17:00da esa milliy terma jamoamiz a’zolari navbatdagi mashg‘ulotni o‘tkazishadi.
Fikrlar