
Chjichjen Chjan Denis Istomin mag‘lub bo‘lgan turnirda g‘olib bo‘ldi
Xitoylik tennischi Chjichjen Chjan Shenchjen shahrida o‘tkazilgan "Chellenjer" turnirining final uchrashuvidan hamyurti Chje Li bilan raqobatlashdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan mazkur bahs uch set davom etdi. Unda Chjichjen raqibini 6:3, 4:6, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, Chjichjen Chjan bosh sovrin bilan birga 18,000 AQSh dollari pul mukofoti va 110 reyting ochkosini ishlab oldi.
Fikrlar