Chorshanba kuni "Chelsi" futbolchisi "Inter"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
"Chelsi" hujumchisi Viktor Mozes "Inter"ga o‘tishga yaqin turibdi.
La Gazette della Sport nashriga ko‘ra, joriy mavsumni "Fenerbaxche"da ijara asosida o‘tkazayotgan Mozes ushbu xaftada "Inter"da tibbiy-ko‘rikdan o‘tishi va uning transferi rasmiylashtirilishi kutilmoqda.
Shuningdek, "neradzurrilar" London shaxrining boshqa bir klubi "Tottenxem" futbolchisi Kristian Eriksenning transferi uchun 15 million evrodan ortiqcha to‘lamoqchi emasligini ma’lum qilgan.

Fikrlar