
Chuameni: Biz u haqida boshqa gapirmoqchi emasmiz
Orelen Chuameni Kilian Mbappening "Real"ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Albatta, bunday transfer imkoniyati mavjud. Futbolda juda ko‘p narsa bo‘lishi mumkin. U bilan dunyoning barcha klublari shartnoma imzolamoqchi.
Biroq hozir Kilian Mbappe PSJ futbolchisi. Biz u haqida boshqa gapirmoqchi emasmiz.
Unga mavsumni yaxshi o‘tkazishini tilab qolaman. Biz hozir "Real" Madridda bor narsadan mamnunmiz", - dedi "qirollik klubi" yarim himoyachisi.
Fikrlar