
Coca-Cola Superliga. Bugun poytaxt derbisi - "Lokomotiv" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi
Xabaringiz bor kecha “Andijon” – “Paxtakor” (0:3) uchrashuvi bilan Coca-Cola Superliganing 9-turiga start berilgan edi.
Bugun esa tur doirasidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bugun muxlislar “Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” ishtirokidagi poytaxt derbisining guvohi bo‘lishlari mumkin. Ushbu bahs soat 18:45da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” ayni damda 17 ochko bilan 2-o‘rinni, “Bunyodkor” esa 13 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar