Coca Cola Superliga. “Qo‘qon-1912” “Surxon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Bugun Coca Cola Superligasida 6-tur uchrashuvlari start oldi. “Qo‘qon-1912” klubi o‘z maydonida “Surxon”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Filipp Raevats 50-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada Murod Xolmuhammedov penaltini aniq amalga oshirdi. 94-daqiqada esa Suhrob Berdiev uchinchi golni kiritdi.



Fikrlar