Coca-Cola Superligasi. Bugun Toshkent derbisi bo‘ladi!
Bugun Coca-Cola Superligasining 5-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Dastlab, soat 19:00 da “Qo‘qon-1912” hamda “Qizilqum” jamoalari bahsi start oladi. Keyin esa muxlislar soat 20:00 dan boshlab “Paxtakor” – “Bunyodkor” uchrashuvini tomosha qilishlari mumkin.
Vodiydagi o‘yin “Mahalla” telekanalida, Toshkent derbisi esa “Sport” telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

Fikrlar