Conte «Manchester Yunayted»ni boshqarish uchun qanday shart qoʻydi?

  • 15.10.2026 23:46
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik mutaxassis Antonio Konte vakillari «Manchester Yunayted» rahbariyati bilan aloqalarni qayta tikladi. Ular murabbiyning klub bosh murabbiyligiga qiziqishini yana bir bor tasdiqlamoqchi.

Manbaga ko‘ra, Konte «Old Trafford»da zudlik bilan ish boshlashga tayyor. Biroq u tayinlangan taqdirda, qishki transfer oynasida jamoani uch nafar yangi futbolchi bilan kuchaytirishni talab qiladi.

Konte o‘tgan mavsum yakunida «Napoli» bilan xayrlashganidan beri ishsiz qolmoqda. Avvalroq mutaxassis yangi mavsum boshlanishini kutib, jamoa bilan mavsumoldi tayyorgarlikni o‘tkazishni ma’qul ko‘rardi. Biroq hozirda uning pozitsiyasi o‘zgargan.

Insayder Fabrizio Romano Konte mavsum o‘rtasida ham ish boshlashga tayyorligini tasdiqladi. Buning uchun gap boy tarixga ega klub haqida borayotgan bo‘lishi kerak. Murabbiy yaqindagi intervyusida avvalgi darajasiga qaytishni istagan, katta tarixga ega jamoani boshqarishga tayyorligini aytgan.

«Manchester Yunayted» joriy mavsumda Angliya Premer-ligasining oltita uchrashuvida atigi olti ochko jamg‘ardi. Jamoa Liga kubogida ham «Brayton»ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. Seshanba kuni esa Chempionlar ligasida «Atletiko»dan mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, Konte 2026 yil yozida ham «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligiga qiziqish bildirgandi. Biroq INEOS rahbariyati Maykl Karrikka bo‘lgan ishonchini saqlab qolgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!