Dahshat! Tramp jahon chempionatidan qancha daromad olinganini aytdi
2026 yildgi jahon chempionati AQSh iqtisodiyotiga 18 milliard dollar dan ortiq daromad keltirgan. Bu haqida mamlakat prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi.
Futbol bo‘yicha jahon chempionati 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkazildi. Musobaqa o‘yinlarini AQShning 11 ta shahri qabul qildi.
«Bu yoz Amerika sayyohlari uchun haqiqatan ham o‘ziga xos bo‘ldi. Amerikaliklar jami qariyb 300 milliard mil yo‘l bosishdi. Milliy bog‘larimiz 78 million mehmonni qabul qildi.
Futbol bo‘yicha jahon chempionati iqtisodiyotimizga 18 milliard dollar dan ortiq foyda keltirdi, shu orqali 160 mingdan ziyod ish o‘rni yaratildi.
Sayohat va turizm yangi ish o‘rinlari, sarmoyalar va milliardlab dollarlik tushumni ta'minlaydi, bu mablag‘lar amerikalik tadbirkorlar va mahalliy jamoalarga yetib boradi.
Biz ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartiryapmiz, havo qatnovi tizimini yangilayapmiz, AQShga kelib-ketish va bu yerda biznes yuritish jarayonini yengillashtiryapmiz.
Amerika biznes uchun ochiq – eng yaxshi natijalar hali oldinda!» – deya ta'kidladi Donald Tramp.
Shu bilan birga, Janni Infantino ning harakatlari nega jahon jamoatchiligida shunchalik katta norozilik uyg‘otgani, garchi u FIFA moliyaviy ko‘rsatkichlarini keskin oshirishga erishgan bo‘lsa-da, hanuz muhokama qilinmoqda.

Fikrlar