Damir Temirov: "Yarim yillik tasavvur qilgan darajamdan ham zo‘r bo‘ldi"

  • 7 dekabr, 2024, 10:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumning ikkinchi davrasida "Andijon" jamoasiga qo‘shilgan 26 yoshli yarim himoyachi Damir Temirov qisqa vaqt ichida “Andijon” oilasiga juda yaxshi moslashib ketdi. U Superliga va Kubok bahslarida hammasi bo‘lib 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta golli pasni amalga oshirdi.

Tecno

Temirov “Andijon” matbuot xizmatiga ortda qolgan mavsum haqida quyidagilarni aytdi:

“Juda ham iliq taassurotlar qoldi. Allohga shukr, bu yarim yillik tassavvur qilgan darajamdan ham zo‘r bo‘ldi.

Jamoada eng ko‘p yoqqan narsalar - bu ichki muhit va yaratilgan sharoitlar. Kollektiv o‘rtasida bir-biriga bo‘lgan hurmat va intizom. Barchasi menga yoqdi.

O‘zbekiston Kubogini yutishimizga ishongandim. Chunki Xomyakovni bu jangovar jamoasini to‘xtatish juda qiyin.

Muxlislar haqidagi taassurotlarim esa ajoyib. Bir so‘z bilan aytganda TOP!”, - deydi Damir Temirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!