Dana Uayt: Barcha janglar ham muxlislar uchun emas!

  • 14.06.2020 18:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC prezidenti Dana Uayt kecha oqshom Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan turnirga oid bildirilgan tanqidlarga  javob qaytardi. Ko‘pchilik muxlislarning fikriga ko‘ra, ishtirokchilarning tarkibi bois, turnir zerikarli o‘tgan.
 "Hisoblab ko‘ring, so‘nggi 20 yil ichida qancha yomon kardlar bo‘ldi? Ular bir qo‘l barmoqlari bilan sanarli... Axir barcha janglar ham muxlislar uchun emas. Agar yoqmasa, tomosha qilmasliklaringiz mumkin. 3 haftadan so‘ng o‘tkazadigan turnirimizni tomosha qiling. Butun yoz davomida jang kechalari o‘tkaziladi. Agar, kimgadir yoqmasa, ko‘rmasligi mumkin. Umuman olganda, yomon kardlar bo‘lmaydi. Agar siz aralash jang san’atlarning haqiqiy ishqibozi bo‘lsangiz, unda barcha janglarni tomosha qilasiz",-dedi Uayt matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!