Darren Till: "Xamzat Chimaev kelasi yilning ikkinchi yarmigacha chempionga aylanadi"
Ahmadbek Eshmatov
Chimaevning sparring sherigi chechenning qachon chempion bo‘lishini prognoz qildi.
Xamzat Chimaevning sparring sherigi, sobiq UFC jangchisi Darren Till mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan chechenning qachon chempion bo‘lishini prognoz qildi.
"Ertami-kechmi Chimaev o‘rta vazndagi kamarni qo‘lga kiritadi. Uittakerga qarshi jang buni yaqqol isbotlab qo‘ydi. Ishonchim komil, Xamzat kelasi yilning ikkinchi yarmigacha chempionga aylanadi", - dedi Till Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 308" turnirida Xamzat Chimaev 1-raunddayoq Robert Uittakerni bo‘g‘ish usuli orqali mag‘lub etdi.


Izohlar (0)