Dastan Satpaev Angliyadagi omadsiz debutidan so‘ng fikr bildirdi
Qozog‘iston terma jamoasi vakili, yosh hujumchi Dastan Satpaev Angliyaning «Börnli» klubi safidagi debut o‘yinidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi, deb xabar beradi Sports.kz.
18 yoshli futbolchi uchrashuvdan olingan suratni ijtimoiy tarmoqda e’lon qilib, o‘z kelajagiga ishonch bildirgan.
«Alhamdulillah, eng yaxshi kunlar hali oldinda», — deb yozdi Satpaev.
Qozog‘istonlik forvard 23 avgust kuni Chempionship musobaqasining ikkinchi turida «Vest Bromvich»ga qarshi safar uchrashuvida «Bernli» tarkibida ilk bor maydonga tushdi. Satpaev o‘yinni zahirada boshladi va 57-daqiqada Josh Loran o‘rnini egallab maydonga chiqdi. Shu paytga kelib «Börnli» 1:2 hisobida ortda qolayotgan edi. Keyinchalik «Vest Bromvich» penaltiidan gol urdi va uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi. Satpaev taxminan 35 daqiqa o‘ynadi, ammo gol yoki samarali uzatma bilan ajralib tura olmadi.
Shu tariqa Satpaev «Börnli»ning rasmiy o‘yinida maydonga tushgan ilk qozog‘istonlik futbolchiga aylandi. Chempionshipning birinchi turida «Vest Xem»ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan bahsda u jamoa qaydnomasiga kiritilmagan edi. Qozog‘istonlik hujumchi Londonning «Chelsi» klubidan ijara asosida «Bernli» safida to‘p surmoqda va 12-raqam ostida o‘ynaydi. Ijara shartnomasi 2026/2027 yildgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan bo‘lib, kelishuvda futbolchini to‘liq sotib olish bandisi ko‘zda tutilmagan.

Fikrlar