Dastan Satpaev jamoasi qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi
«Bernli» Chempionship 3-turidan o‘rin olgan safar uchrashuvida «Norvich» mehmoni bo‘lib maydonga tushdi. Bellashuv Noridj shahridagi «Karrow Roud» stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yin boshlanishi bilanoq mezbonlar hisobni ochishdi: 2-daqiqada «Norvich» hujumchisi Muhammad Ture darvozani ishg‘ol etdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, 5-daqiqada yarimhimoyachi Andre Bruks ikkinchi golni urdi. 21-daqiqada Ture yana bir bor aniq zarba yo‘llab, dublin qayd etdi va hisobni yirik ko‘rinishga olib chiqdi.
27-daqiqada «Bernli» yarimhimoyachisi Josh Lorent bir gol urib, farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq 67-daqiqada Bruks o‘zining ikkinchi golini urdi va uchrashuv taqdirini aniqlab qo‘ydi. O‘yin 4:1 hisobida «Norvich» foydasiga yakunlandi. Qolaversa, mehmonlar uchrashuvni bir futbolchi kam tarkibda yakunlashdi — 77-daqiqada Lorent ikkinchi sariq kartochkadan so‘ng maydondan chetlatildi.
Qozog‘iston terma jamoasi a’zosi, 18 yoshli Dastan Satpaev ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi, biroq gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi. U uchun bu Chempionship doirasidagi o‘yinni asosiy tarkibda startda boshlagan ilk uchrashuv bo‘ldi.
Uch turdan so‘ng «Bernli» hisobida bir ochko bor va jamoa turnir jadvalida 21-pog‘onada bormoqda. «Norvich» esa uch ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar