Dastan Satpaevga "Börnli"da asosiy tarkibiga kirish yo‘lini aytishdi

  • 24.08.2026 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonning «Astana» klubi bosh direktori Altay Daumov Sports.kz saytiga bergan intervyusida Dastan Satpaevning ingliz klubi «Börnli» asosiy tarkibiga kirish imkoniyatlarini baholadi.

— U yerda raqobat juda katta. Satpaevga birinchi mavsumdanoq jamoaning asosiy futbolchisiga aylanish oson bo‘lmaydi. Chunki tarkibda Angliya Premier-ligasida o‘ynab kelgan futbolchilar bor.

Masalan, kuni kecha Dastan almashtirgan alban futbolchisining o‘zi taxminan 25 million atrofida baholanadi. Demak, asosiy tarkib uchun kurashayotgan raqiblar darajasi juda yuqori. Agar Satpaev jamoada muntazam maydonga tushib turadigan ishonchli zahira o‘yinchisiga aylansa ham, buning o‘zi uning uchun katta yutuq bo‘ladi. 

Agar asosiy tarkibdan joy olib ketsa, albatta, bundan faqat xursand bo‘lamiz. Chempionshipda o‘yinlar juda ko‘p, hammaga yetarlicha o‘yin amaliyoti nasib qiladi, — deya ta’kidladi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Dastan Satpaev mavsum oxirigacha «Börnli» tarkibida ijara asosida o‘ynaydi. Futbolchining transfer huquqlari esa «Chelsi» klubiga tegishli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!