Dastin Pore qaysi bokschiga qarshi ringga chiqishni xohlaydi?
Engil vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni (70 kg gacha) Dastin Pore boksda kim bilan jang qilish orzusi borligini aytdi.
"Orzuim - Neyt Dias bilan boks tushish", - dedi Pore Sports Illustrated nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Dias va Pore 2018 yilda UFC 230 da jang qilishlari kerak edi, ammo Dastin sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar, ya’ni son qismidagi jarohat tufayli jangni bekor qilishga majbur bo‘lgan.
Dastin Pore 2 iyun kuni Nyuark o‘tkazilgan UFC 302 turnirida engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarining amaldagi sohibi rossiyalik Islam Maxachevga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Jang Islamning beshinchi raunddagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastin faoliyati davomida 30 ta g‘alaba, 9 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.



Fikrlar