David Luis: Orzuyim ushaldi

  • 16 aprel, 2020, 20:31
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi David Luis "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qo‘li ostida to‘p surish niyatida bo‘lganligini aytib o‘tdi.

"Men Gvardiola jamoasida o‘ynashni orzu qilar edim. Bunga qisman erishdim deb o‘ylayman. Arteta Pepning g‘oyalari asosida murabbiy sifatida shakllandi, u bilan birga g‘alabalarga erishdi. Shunday ekan orzuyim ushaldi deb aytsam bo‘ladi", - deydi Luis.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi Angliya chempionati doirasida "kanonirlar" libosida 25 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!