David Luiz: Azarning o‘rnini faqatgina Messi yoki Ronaldu bosa olishi mumkin
Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi David Luiz belgiyalik jamoadoshi Eden Azarning “Real”ga o‘tishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Azarning o‘rnini faqatgina Messi yoki Ronaldu bosa olishi mumkin. Agar u ketsa, men unga faqatgina barcha ezgu tilaklarimni tilab qolaman. Chunki, u ajoyib futbolchi, ajoyib do‘st va ajoyib inson.
Men uni jamoamizga kelgan yoshlik paytlaridanoq bilaman. Uni Eden Azar sifatida butun dunyo bilishidan xursandman.
Qandaydir davr tugaydi, yana qaysinisidir boshlanadi. Bu hayot qonuni. Jamoamizda uning o‘rnini egallaydigan munosib futbolchilar etarli deb o‘ylayman.
Xadson-Odoi buyuk iqtidor egasi. Kallum bolaligidan “Chelsi” bilan birga va o‘ylaymanki, qachondir u ham albatta Azar darajasidagi futbolchiga aylanadi”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Fikrlar