David Silva APL da hech kim o‘rnata olmagan rekordni o‘rnatdi

  • 29 sentabr, 2019, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha “Manchester Siti” APLning 7-turida safarda “Everton”ga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu kuni maydonga tushgan “shaharliklar” sardori David Silva o‘zining premer-ligadagi 200-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Aytish lozimki, u bungacha 289 ta o‘yinda maydonga tushgan edi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra shu kungacha hech bir futbolchi APLda bu qadar ko‘p o‘yinda g‘alaba qozonmagan edi va Silva bu borada yaqqol rekordchiga aylanib oldi.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli ispaniyalik futbolchi “Manchester Siti” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!