Davlat Bobonov va Muhammadkarim Xurramov bronza medali uchun kurashishadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa davom etmoqda. Ayni paytga kelib, og‘ir vaznli sportchilar o‘rtasida saralash bahslari yakunlandi. 

Unga ko‘ra, kechki dasturda 2 nafar yurtdoshimiz medallar uchun kurashadigan bo‘ldi. -90 kilogramm vazn toifasidagi vakilimiz Davlat Bobonov Gruziya, Polsha, Serbiya vakillarini mag‘lub etib, yarim finalda kubalik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Bobonov endi bronza medali uchun mo‘g‘ulistonlik Altanbagana Gantulgaga qarshi kurashadi.

Shuningdek, -100 kilogramm vazn toifasida bahs olib borayotgan Muhammadkarim Xurramov ham bronza medali uchun kurash olib boradi. Xurramov shohsupaga ko‘tarilish uchun italiyalik Juliano Loporchioni mag‘lub etishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!